YUQORI HARORAT TA’SIRIDAN MAXSUS HIMOYA KIYIMLARINI ISHLAB CHIQARISH UCHUN MATERIALLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Mualliflar

Kalit so'zlar

metallurgiya, maxsus himoya kiyimi, yuqori harorat, issiqlikka chidamlilik, olovbardoshlik, mexanik mustahkamlik, reflektiv material, ishchi xavfsizligi, sanoat muhofazasi, himoya materiallari.

Annotasiya

Ushbu maqola metallurgiya sanoati ishchilari xavfsizligini ta’minlash va ish joyida yuz beradigan jarohatlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Maqolada yuqori haroratli sanoat sharoitida faoliyat yurituvchi ishchilarni himoyalash maqsadida ishlab chiqiladigan maxsus kiyimlar va ular uchun qo‘llaniladigan materiallarga qo‘yiladigan asosiy talablar yoritib berilgan. Xususan, issiqlikka chidamlilik, olovbardoshlik, mexanik mustahkamlik, reflektivlik, yengillik va gigroskopiklik kabi muhim omillar chuqur tahlil qilinadi. Metallurgiya sohasi ishchilari yuqori harorat, suyuq metall tomchilari, uchqunlar va infraqizil nurlanish kabi xavfli omillar ta’sirida ishlaydi. Shu bois, maqolada ushbu xavflarga qarshi samarali himoya ta’minlaydigan maxsus kiyimlar ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

Manbalar

1. S.A.Yusupov, Sh.A. Mahsudov “Ustki kiyimlarning alanga ta’siriga chidamliligi tadqiqi” Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Namangan viloyatidagi yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish istiqbollari” Ilmiy-amaliy konferentsiya. 2015 y. 29-31 b.

2. Fayzullayeva, N. (2021). To‘qimachilik materialshunosligi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2025-09-24

Qanday ko'rsatish

YUQORI HARORAT TA’SIRIDAN MAXSUS HIMOYA KIYIMLARINI ISHLAB CHIQARISH UCHUN MATERIALLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. (2025). ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ПРИОРИТЕТНЫМ НАПРАВЛЕНИЯМ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ УЗБЕКИСТАНА, 1(1), 9-11. https://konferensiyalar.com/index.php/ts/article/view/122