O‘ZBEK TILINING IZOHLI LUG‘ATLARIDA MERONIMLARNING STATISTIK TAVSIFI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i19/n24Kalit so‘zlar:
meronim, partonim, meronimik munosabat, statistik tahlil, chastota, O‘zbek tili milliy korpusi, izohli lug‘at, semantik guruh, korpus lingvistikasi.Annotasiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilining izohli lug‘atlarida qayd etilgan meronimlarning statistik tavsifi masalasi tadqiq etiladi. Tadqiqotda O‘zbek tili milliy korpusi materiallaridan foydalanilib, izohli lug‘atlardan tanlab olingan 214 ta meronimdan 60 tasi statistik jihatdan tahlil qilindi. Meronimlarning korpus matnlarida uchrash chastotasi, matnlarda uchraydigan hujjatlar soni hamda umumiy chastotadagi ulushi aniqlanadi. Statistik tahlil natijasida meronimlar yuqori, o‘rta va past chastotali guruhlarga ajratildi. Xususan, bosh, oyoq, yelka kabi inson tanasi qismlarini ifodalovchi meronimlarning yuqori chastotada qo‘llanishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari meronimik munosabatlarning o‘zbek tilidagi qo‘llanish faolligi va semantik guruhlar kesimidagi chastota xususiyatlarini yoritishga xizmat qiladi.
Manbalar
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006.
2. O‘zbek tili milliy korpusi. Korpus materiallari.
3. Cruse D. A. Lexical Semantics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1986.
4. Cruse D. A. Meaning in Language: An Introduction to Semantics and Pragmatics. – Oxford: Oxford University Press, 2000.
This work is licensed under a