TIL O‘RGANISHDA O‘ZINI O‘ZI BAHOLASHNING ROLI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i19/n22Kalit so‘zlar:
o‘zini o‘zi baholash, umumiy o‘zini o‘zi baholash, vaziyatga xos o‘zini o‘zi baholash, topshiriqqa xos o‘zini o‘zi baholash, affektiv omillar, og‘zaki nutq faoliyati, ikkinchi tilni o‘rganish.Annotasiya
Ushbu maqolada ikkinchi tilni o‘rganishda o‘zini o‘zi baholashning roliga oid mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Unda, ayniqsa, o‘zini o‘zi baholashning turli darajalari bilan til o‘rganuvchilarning til o‘rganish jarayonidagi natijalari o‘rtasidagi bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada o‘zini o‘zi umumiy baholash, muayyan vaziyatga xos o‘zini o‘zi baholash hamda muayyan topshiriq doirasida o‘zini o‘zi baholash tushunchalari o‘rtasidagi farqlar ko‘rib chiqiladi va ularning til ko‘nikmalariga, xususan, og‘zaki nutq faoliyatiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, mavjud tadqiqotlarning til o‘qituvchilari faoliyati uchun ahamiyati muhokama qilinib, ta’lim oluvchilarning o‘zini o‘zi baholashiga ko‘proq e’tibor qaratish til o‘rganish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkinligi ko‘rib chiqiladi.
Manbalar
1. Brown, D. H. (2000). Principles of Language Learning and Teaching (4th ed.). San Francisco State University.
2. Coopersmith, S. (1967). The Antecedents of Self-Esteem. San Francisco: W. H. Freeman.
3. Heyde, A. (1979). The Relationship Between Self-Esteem and the Oral Production of a Second Language. Unpublished doctoral dissertation, University of Michigan.
4. Watkins, D., Biggs, J., & Regmi, M. (1991). Does confidence in the language of instruction influence a student's approach to learning? Instructional Science, 20.
This work is licensed under a