SIYOSIY KOMMUNIKATSIYADA EVFEMIZMLARNING AUDITORIYAGA TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i2/n28Kalit so‘zlar:
siyosiy kommunikatsiya, siyosiy diskurs, evfemizm, auditoriyaga ta’sir, lingvopragmatika, qiyosiy tahlil, ingliz va o‘zbek siyosiy nutqlari.Annotasiya
Bu maqola siyosiy kommunikatsiyada evfemizmlarning auditoriyaga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda evfemizmlar siyosiy nutqda salbiy yoki noqulay voqeliklarni yumshatib ifodalash orqali auditoriya hissiy holatiga va nutqning qabul qilinishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida ingliz va o‘zbek siyosiy diskursiga mansub ommaviy auditoriyaga yo‘naltirilgan rasmiy nutqlar tanlangan. Tahlil jarayonida diskursiv, lingvopragmatik va qiyosiy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, evfemizmlar auditoriyada keskin salbiy reaksiya paydo bo‘lishining oldini olish, ijtimoiy muvozanatni saqlash va siyosiy nutqning ta’sirchanligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, evfemizmlardan haddan tashqari yoki noo‘rin foydalanish auditoriyada ishonchsizlik va yashirin norozilikni keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlandi. Maqolada evfemizmlarning auditoriyaga ta’siri ingliz va o‘zbek siyosiy diskursi misolida qiyosiy yoritiladi.
Manbalar
1. Allan, Keith, and Kate Burridge. Euphemism and Dysphemism: Language Used as Shield and Weapon. Oxford University Press. 1991.
2. Brown, Penelope, and Stephen C. Levinson. Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge University Press. 1987.
3. Chilton, Paul. Analysing Political Discourse: Theory and Practice. Routledge. 2004.
4. Lakoff, George. Don’t Think of an Elephant!: Know Your Values and Frame the Debate. Chelsea Green Publishing. 2004.
5. van Dijk, Teun A. Political Discourse Analysis. In Discourse as Social Interaction, edited by Teun A. van Dijk, Sage Publications. 1997.
This work is licensed under a