ADABIY ASARLARDA YOSH AVLODNI TARBIYALASHDA SADOQAT-XIYONAT MOTIVLARINING ROLI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i13/n12Ключевые слова:
Sadoqat, xiyonat, motiv, yosh avlod tarbiyasi, axloqiy tanlov, badiiy obraz, adabiy kontrast, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy ong, vijdon, lingvomadaniy tafakkur, estetik tarbiya.Аннотация
Ushbu maqolada adabiy asarlarda yosh avlodni tarbiyalash jarayonida sadoqat va xiyonat motivlarining badiiy-estetik hamda ijtimoiy-axloqiy ahamiyati tahlil qilinadi. Sadoqat motivi vatanparvarlik, do‘stlik, oilaviy mas’uliyat, e’tiqod va halollik kabi qadriyatlar bilan bog‘liq holda yoritilib, yoshlar ongida ijobiy axloqiy mezonlarni shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Xiyonat motivi esa ishonchni buzish, vijdoniy inqiroz va ijtimoiy rad etilish bilan bog‘liq salbiy hodisa sifatida talqin qilinib, uning ogohlantiruvchi va didaktik funksiyasi ochib beriladi.Maqolada O‘tkir Hoshimov, Said Ahmad, Tohir Malik hamda A.S. Pushkin asarlari misolida sadoqat–xiyonat kontrasti orqali yosh o‘quvchilarda axloqiy tanlov, tanqidiy tafakkur, empatiya va ijtimoiy ongni shakllantirish masalalari tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari sadoqat va xiyonat motivlari adabiyotning nafaqat estetik, balki kuchli tarbiyaviy va pedagogik salohiyatga ega vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
1. Pushkin A.S. Yevgeniy Onegin. Moskva: Eksmo, 2021.
2. Said Ahmad. Ufq trilogiyasi. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2017.
3. Lixachyov D.S. Ocherki po filosofii literatury. Moskva: Nauka, 2000.
4. Quronov M. Adabiy tanqid va adabiyotshunoslik muammolari. Toshkent: Yozuvchi, 2017.
5. Hamroyev N. Said Ahmad asarlarida badiiy obraz va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Toshkent: 2020.
6. Shukurova G. Sharq va G‘arb adabiyotida sadoqat motivining badiiy talqini. Filologiya fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi. Samarqand: 2022.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
This work is licensed under a