O‘ZBEK TILIDA KOSMETOLOGIYA TERMINLARINING DERIVATSION XUSUSIYATLARI
Kalit so‘zlar:
kosmetologiya, termin, derivatsiya, so‘z yasalishi, affiksatsiya, o‘zlashma so‘z, gibrid termin, terminologiya.Annotasiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilida qo‘llanadigan kosmetologiya terminlarining derivatsion xususiyatlari tahlil qilinadi. Kosmetologik leksikaning shakllanishida morfologik va sintaktik so‘z yasalishi, o‘zlashma asoslarning moslashuvi hamda umumxalq birliklarining terminlashuvi muhim omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Sohaviy terminlar tarkibida -gich, -uvchi/-vchi, -ish/-sh, -li, -siz va -lik kabi o‘zbek tiliga xos derivatsion vositalar orqali hosil bo‘lgan birliklar, shuningdek, xalqaro asoslardan tarkib topgan gibrid birliklar tahlil qilinadi. “Namlagich”, “tozalagich”, “oqartirish” kabi birliklarning strukturaviy va semantik xususiyatlari, shuningdek, “teri parvarishi”, “qarishga qarshi vosita” va “quyoshdan himoyalovchi krem” singari ko‘p komponentli terminlarning analitik modeli yoritiladi. Tadqiqotda o‘zlashma terminlarning tayyor birlik sifatida kirishi va keyinchalik o‘zbekcha affikslar yoki sintaktik modellar bilan birikishi ham ko‘rsatib beriladi. Natijalar kosmetologiya terminlarini tizimlashtirish, me’yorlashtirish va sohaviy lug‘atlar yaratish, shuningdek, professional muloqotda terminologik aniqlikni ta’minlash uchun amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: kosmetologiya, termin, derivatsiya, so‘z yasalishi, affiksatsiya, o‘zlashma, gibrid termin, terminologiya.
Manbalar
1. Atamuratova N.Y. Semantic and etymologic specifics of terms related to cosmetology and their translation into Uzbek // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. – 2023. – № 4/4. – B. 22–25.
2. Atamuratova N.Y. Specific Features of Aesthetic Cosmetology Terminology in Uzbek and English Languages // Journal of Advanced Linguistic Studies. – 2025. – Vol. 12, No. 2. – P. 679–684.
3. Cabré M.T. Terminology: Theory, Methods and Applications. – Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins, 1999. – 248 p.
4. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – Toshkent, 2019. – 118 b.
5. Hojiyev A. O‘zbek tili so‘z yasalishi tizimi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2007. – 168 b.
6. Plag I. Word-Formation in English. – Cambridge: Cambridge University Press, 2003. – 240 p.
7. Romashina O.Y., Trendevska S. Differential Characteristics and Semantic Features of English Borrowed Terms from the Field of Cosmetology in Russian and Macedonian Languages // Issues in Journalism, Education, Linguistics. – 2022. – Vol. 41, No. 3. – P. 608–616.