KON-METALLURGIYA SANOATIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN MEGA INVESTITSIYA LOYIHALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Kalit so‘zlar:
kon-metallurgiya sanoati, mega loyihalar, samaradorlik, investitsiyalar, risklar, kapital sig‘imi, ESG.Annotasiya
Mazkur tezisda kon-metallurgiya sanoatida amalga oshirilayotgan mega investitsiya loyihalarining iqtisodiy mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda yirik kapital sig‘imli loyihalarning uzoq muddatli xarakteri, yuqori risk darajasi va global bozor bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilgan. Shuningdek, loyihalar samaradorligini belgilovchi moliyaviy, texnologik va institutsional omillar o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqilgan. Natijada mega investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish hamda ESG tamoyillariga asoslangan mexanizmlarni kengaytirish zarurligi ilmiy asoslab berilgan.
Manbalar
1. Fabozzi F. Capital Markets and Investment Management. – Wiley, 2009.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. – Toshkent, 2023.
3. Yescombe E.R. Public-Private Partnerships. – Oxford, 2018.
4. OECD. Sustainable Finance and ESG Investing. – Paris, 2021.