ATOPIK DERMATIT TARIXI VA OZIQ-OVQAT ALLERGIYASI BILAN BOG‘LIQLIGI
Kalit so'zlar
atopik dermatit, oziq-ovqat allergiyasi, immunoglobulin E, teri to‘sig‘i, dietoterapiya.Annotasiya
Mazkur maqolada atopik dermatit (AD)ning tarixi, patogenezi va oziq-ovqat allergiyalari bilan bog‘liqligi yoritilgan. AD qadim zamonlardan beri kuzatilgan bo‘lsa-da, ilmiy atama sifatida XX asrda shakllangan. Kasallik surunkali va qaytalanuvchi yallig‘lanishli jarayon bo‘lib, ko‘pincha bolalik davrida boshlanadi. Uning rivojlanishida genetik moyillik, teri to‘sig‘ining zaiflashuvi, immun tizimdagi disbalans va atrof-muhit omillari murakkab o‘zaro ta’sirda ishtirok etadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, AD bolalarning 15–20% da, kattalarning esa 2–10% da uchraydi. Oziq-ovqat allergiyasi atopik dermatitni kuchaytiruvchi omil bo‘lishi mumkin, biroq u barcha bemorlarda kuzatilmaydi. Shu sababli ADni davolashda dietoterapiya faqat allergiya klinik belgilari mavjud hollarda samarali hisoblanadi. Maqolada zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida AD va oziq-ovqat allergiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik, diagnostika yondashuvlari hamda davolash taktikasi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.
Manbalar
1. Asthma prevention: EAACI recommendations https://www.eaaci.org/outreach/eaaci-2016-campaign/campaigns-english/allergy-prevention-recommendations/3802-asthma-and-lower-airways.html
2. Bhattacharya T., Strom M. A., Lio P. A. Historical Perspectives on Atopic Dermatitis: Eczema Through the Ages. – Pediatr Dermatol. 2016. 375-379
3. Eigenmann P. A. et al. Prevalence of IgE-mediated food allergy among children with atopic dermatitis. – Pediatrics. 1998;101(3): E8.
4. Kupryś-Lipińska I, Tworek D, Kuna P. Omalizumab in pregnant women treated due to severe asthma: two case reports of good outcomes of pregnancies. Postepy Dermatol Alergol. 2014;31(2): 104-107
5. Nutten S. Atopic dermatitis: global epidemiology and risk factors. Ann Nutr Metab. 2015;66 Suppl 1:8–16.
6. Борисова Т. Пищевая аллергия. — М.: Питер, 2019.
7. Жоголева О. Аллергия и как с ней жить. Руководство для всей семьи. — М.: Эксмо, 2021.
8. Макарова Т. Пищевая аллергия: азбука для родителей. — СПб.: Специальная литература, 2020.