BIOLOGIK QAYTA ISHLANGAN PARRANDA CHIQINDILARI ASOSIDAGI ORGANIK O‘G‘ITNING SUV-TUPROQ TIZIMIDAGI KOLLOID-KIMYOVIY XOSSALARI
Ключевые слова:
organik o'g'it, parranda chiqindilari, suv-tuproq tizimi, kolloid-kimyoviy xossalar, gumus kolloidlari, ζ-potensial, agregativ barqarorlik, tuproq agregatlari, kation almashinuv sig'imi.Аннотация
Ushbu tezisda biologik qayta ishlangan (kompostlash va biogumus bosqichi) parranda chiqindilari asosidagi organik o'g'itning suv-tuproq tizimidagi kolloid-kimyoviy xossalari yoritilgan. O'g'it zarrachalarining o'lchami, ζ-potensial, suspenziyaning agregativ va sedimentatsion barqarorligi hamda kritik koagulyatsiya konsentratsiyasi o'rganilgan. Gumus kolloidlarining tuproq zarrachalari bilan o'zaro ta'siri, tuproqning suvga chidamli agregatlari, maksimal gigroskopik namligi va kation almashinuv sig'imiga ta'siri baholangan. Organik o'g'it manfiy zaryadlangan polidispers kolloid tizim sifatida namoyon bo'lishi, uning barqarorligi suvning pH, ion kuchi va Ca²⁺, Mg²⁺ kabi ikki valentli kationlar miqdoriga bog'liqligi aniqlangan. O'g'it tuproqqa solinganda gumus kolloidlari zarrachalarni bog'lab, tuproqning agregat tuzilishini yaxshilashi, namlik va oziq elementlarni ushlab turish qobiliyatini oshirishi ko'rsatilgan. Natijalar o'g'itning sifatini kolloid ko'rsatkichlar bo'yicha baholash va uni sug'orish suvi bilan qo'llash texnologiyasini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo'ladi.
Библиографические ссылки
1. Орлов Д.С. Химия почв. М.: Изд-во МГУ, 1992. 400 с.
2. Фридрихсберг Д.А. Курс коллоидной химии. 4-е изд. СПб.: Лань, 2010. 416 с.
3. Щукин Е.Д., Перцов А.В., Амелина Е.А. Коллоидная химия. 6-е изд. М.: Юрайт, 2014. 444 с.
4. Пономарева В.В., Плотникова Т.А. Гумус и почвообразование. Л.: Наука, 1980. 222 с.
5. Ваулина Э.Н., Кирейчева Л.В. Коллоидно-химические свойства органических удобрений // Агрохимия.
6. Аринушкина Е.В. Руководство по химическому анализу почв. 2-е изд. М.: Изд-во МГУ, 1970. 487 с.
7. Юлдашев А.А., Мухамедов Н.Р. Адсорбция воды гибридными нанокомпозициями хитозан-кремнезем // Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети, физик кимё кафедраси.
8. Яркулов А.Ю. ва бошқ. Адсорбционные и термодинамические свойства механических смесей и нанокомпозиций хитозан-кремнезем // Universum: химия и биология. — 2020. — № 3 (69).
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.