TARIXIY ROMANLARDA TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TOʻQIMANING MUNOSABATI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i19/n26Kalit so‘zlar:
tarixiy roman, tarixiy haqiqat, badiiy toʻqima, hujjatlilik, zaruriy anaxronizm, paratekst, psevdohujjat.Annotasiya
Ushbu tezisda XX asrning ikkinchi yarmidagi Amerika tarixiy romani misolida tarixiy haqiqat va badiiy toʻqima oʻrtasidagi munosabat tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy asosini D. Lukachning “zaruriy anaxronizm” tushunchasi, E. L. Doktorouning tarixnavislik bilan roman oʻrtasidagi chegaraning institutsional tabiati haqidagi qarashi hamda D. Konning referensial va noreferensial narrativ moduslari toʻgʻrisidagi fikrlari tashkil etadi. M. Kantor, M. Shaara, U. Stayron, G. Vidal, E. L. Doktorou, T. Pinchon, R. Kuver, I. Rid, A. Xeyli va E. Geyns romanlaridan iborat korpusda qiyosiy-tipologik va narratologik tahlil asosida ushbu munosabatning toʻrt tipi ajratiladi: eksplitsit markirovkalangan, implitsit yoʻqotilgan, mimetik tarzda konstruksiyalangan va ogʻzaki-genealogik tip. Har bir tipda oʻquvchi ishonchini shakllantiruvchi vositalar – paratekst, yagona uslubiy registr, psevdohujjat va ogʻzaki xotira ramkasi – koʻrsatib beriladi. Xulosada “hujjatli haqiqat” kategoriyasining oʻzi ham maʼlum darajada ritorik konstruksiyalash natijasi ekani, shu bois tarixiy roman hujjatliligini matn hujjat va toʻqima oʻrtasida epistemologik hokimiyatni qanday taqsimlashi nuqtai nazaridan oʻrganish samaraliroq ekani asoslanadi.
Manbalar
1. Cohn D. The Distinction of Fiction. – Baltimore: Johns Hopkins University Press, 1999.
2. Doctorow E. L. False Documents // Jack London, Hemingway, and the Constitution: Selected Essays, 1977–1992. – New York: Random House, 1993.
3. Doctorow E. L. Ragtime. – New York: Random House, 1975.
4. Elias A. J. Sublime Desire: History and Post-1960s Fiction. – Baltimore: Johns Hopkins University Press, 2001.
5. Foley B. Telling the Truth: The Theory and Practice of Documentary Fiction. – Ithaca: Cornell University Press, 1986.
6. Gaines E. J. The Autobiography of Miss Jane Pittman. – New York: Dial Press, 1971.
7. Hutcheon L. A Poetics of Postmodernism: History, Theory, Fiction. – New York; London: Routledge, 1988.
8. Lukács G. The Historical Novel / Transl. by H. and S. Mitchell. – London: Merlin Press, 1962.
9. McHale B. Postmodernist Fiction. – New York; London: Methuen, 1987.
10. Reed I. Flight to Canada. – New York: Random House, 1976.
11. Shaara M. The Killer Angels. – New York: David McKay, 1974.
12. Styron W. The Confessions of Nat Turner. – New York: Random House, 1967.
13. Vidal G. Lincoln: A Novel. – New York: Random House, 1984.
14. White H. Metahistory: The Historical Imagination in Nineteenth-Century Europe. – Baltimore: Johns Hopkins University Press, 1973.
This work is licensed under a