SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA NAMANGAN VILOYATI TABIIY YAYLOVLARI HOLATINI BAHOLASH

Mualliflar

  • Ochilbek G‘aniyev Author

DOI:

https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i17/n04

Kalit so‘zlar:

tabiiy yaylov, geobotanik monitoring, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ArcGIS, masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, degradatsiya, vegetatsiya, elektron xarita, prognozlash.

Annotasiya

Mazkur maqolada 2022-2025-yillar davomida Namangan viloyatining tabiiy yaylov va pichanzorlarida olib borilgan geobotanik monitoring natijalari hamda ushbu jarayonlarni raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt elementlari asosida takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotlarda Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop va Mingbuloq tumanlaridagi tabiiy yaylovlarning o‘simlik bilan qoplanish darajasi, hosildorligi, ozuqa birligi, floristik tarkibi va degradatsiya holati o‘rganildi. Dala tadqiqotlarida olingan ma’lumotlar ArcGIS dasturiy ta’minoti va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida raqamlashtirilib, elektron geobotanik xaritalar shakllantirildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2022-2025-yillar davomida yaylov o‘simliklarining qoplanish darajasi, hosildorligi va ozuqa birligi bo‘yicha o‘zgaruvchan tendensiya kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarni ko‘p yillik sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan integratsiya qilish, vegetatsiya holatini raqamli indikatorlar orqali baholash hamda yaylov degradatsiyasini erta aniqlash va hosildorlik dinamikasini prognozlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari asosida geobotanik monitoring ma’lumotlarini yagona geoaxborot bazasiga jamlash va kelgusida sun’iy intellektga asoslangan raqamli yaylov monitoringi tizimini shakllantirish taklif etilgan.

Manbalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentyabrdagi 737-sonli “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

2. Xojiev Q.M., Davronov O.O‘., Norqulov M.N., Akramov I.L., Parpiyev G‘.T., Bag‘bekov H.K., Xakimov B.B., Xaitova K.M. “Tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini yuritish ishlarini amalga oshirish” bo‘yicha qo‘llanma. - Toshkent: Turon-Iqbol, 2022. - 36 b.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi. O‘zbekiston Respublikasining Yer fondi. - 2025. - 20 b.

4. “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti “Namvilyerloyiha” hududiy bo‘linmasining Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Pop va Mingbuloq tumanlaridagi tabiiy yaylov o‘simliklari monitoringi bo‘yicha 2022, 2023, 2024 va 2025-yillar hisobotlari.

5. European Space Agency. Copernicus Sentinel-2 Mission. Yer va o‘simlik qoplamini multispektral kuzatish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar.

6. Google Earth Engine Documentation. Machine Learning and Supervised Classification. Yer kuzatuvi ma’lumotlarini mashinaviy o‘qitish asosida tasniflash bo‘yicha metodik materiallar.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-09-14

Qanday ko'rsatish

G‘aniyev , O. (2026). SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA NAMANGAN VILOYATI TABIIY YAYLOVLARI HOLATINI BAHOLASH. YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR, 2(17), 16-20. https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i17/n04