SAMARQAND VILOYATI TURIZM SOHASINING BARQAROR IQTISODIY RIVOJLANISHINING AHOLI FAROVONLIGIGA TA’SIRINI TAHLIL ETISH
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/ydif-y2025v1i8/n04Kalit so'zlar
turizm, barqaror rivojlanish, iqtisodiy tahlil, aholi farovonligi, Samarqand viloyati, infratuzilma, bandlik, investitsiya, tarixiy-madaniy meros, kichik biznes.Annotasiya
Mazkur ilmiy maqolada Samarqand viloyati turizm sohasining barqaror iqtisodiy rivojlanishi va uning aholi farovonligiga ta’siri har tomonlama tahlil qilinadi. Turizm iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biri sifatida hududiy rivojlanishda muhim o‘rin tutib, mahalliy aholining daromadlari, bandlik darajasi hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda turizm infratuzilmasi, xizmatlar sifati, investitsiya jarayonlari va xalqaro hamkorlik omillari o‘rganilib, ularning aholi turmush darajasini yaxshilashdagi o‘rni aniqlangan. Shu bilan birga, Samarqand viloyatida turizmning tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi iqtisodiy imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada statistik ma’lumotlar asosida iqtisodiy tahlil usullari qo‘llanilib, turizmning barqaror rivojlanishi bilan aholi farovonligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy asosda yoritilgan. Olingan natijalar hududiy turizm siyosatini takomillashtirish va farovonlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli farmoni.
2. E.B.Bozarov, M.Tursunov. Turizmning iqtisodiyotda tutgan o‘rni. Central Asian academic journal of scientific research. Volume 1. Issue 1. 2021. https://cyberleninka.ru/article/n/turizmning-iqtisodiyotda-tutgan-o-rni/viewer
3. samstat.uz
4. Wu, C., & Song, L. (Eds.). (2022). Econometric Modelling and Forecasting of Tourism Demand: Methods and Applications. Routledge.
5. Giaoutzi, M., & Nijkamp, P. (Eds.). (2006). Tourism and Regional Development: New Pathways.
This work is licensed under a