Jurnal haqida
“Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion g‘oya va yechimlar” ilmiy nashr bo‘lib, rasman 2025-yil 8-iyul kuni C-5669862 reyestr raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Mazkur to‘plam "Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar" mavzusidagi davriy Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda boshqa ilmiy materiallarni o‘z ichiga oladi va muntazam nashr etib boriladi.
To‘plamda ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, texnik va yuridik fanlar qamrovidagi turli yo‘nalishlarga oid ilmiy izlanishlar natijalari, nazariy tahlillar va amaliy tavsiyalar taqdim etilgan.
Nashr 2025-yildan buyon chop etiladi.
Nashr tili
Nashrda maqola va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.
Nashrning bo‘limi va ixtisoslashuvi
Nashr ko‘p tarmoqli bo‘lib, unda ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, texnik va muhandislik fanlari, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit muhofazasi, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi konferensiya materiallari va tezislari chop etiladi.
Ochiq foydalanish siyosati
Nashr sonlari va undagi maqolalar bepul foydalanish uchun ochiq. Barcha nashrlar nashr saytining Arxiv bo‘limida joylashtirilgan.
Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha maqolalar muallif ismi yashirilgan holda tegishli soha mutaxassislariga taqrizga yuboriladi. Ijobiy taqriz olgan maqolalar nashrga qabul qilinadi.
Antiplagiat talablari
Barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshiriladi. O‘zlashtirish darajasi 20 foizdan oshmasligi (originallik kamida 80%) lozim.
Nashr davriyligi
To‘plam qoida tariqasida bir oyda ikki marotaba chop etiladi. Zarur hollarda qo‘shimcha yoki maxsus sonlar ham chiqarilishi mumkin.
ISSN
Ilmiy nashr 3093-8791 (Onlayne) ISSN xalqaro standart raqamiga ega.
Crossref DOI
Tahririyat Crossref DOIning rasmiy a’zosi hisoblanadi va 10.47.390 DOI prefiksiga ega. Har bir nashr va ilmiy maqolaga individual Crossref DOI raqami beriladi.
Muassis
Ilmiy nashr “SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taʼsis etilgan.
Tahririyat
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 70/10-uy
Elektron manzil: scienceproblems.uz@gmail.com