FRAND SHARTLARINING HUQUQIY TABIATI VA STANDARTLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i17/n18Ключевые слова:
FRAND, SEP, patent, litsenziyalash, standartlashtirish, intellektual mulk, raqobat, texnologiya transferi.Аннотация
Mazkur tezisda Fair, Reasonable and Non-Discriminatory (FRAND) shartlarining shakllanishi, huquqiy tabiati hamda standartlashtirilgan texnologiyalardan foydalanish jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. FRAND shartlari, avvalo, standart-essential patentlar (SEP) bilan bog‘liq litsenziyalash munosabatlarida patent egalarining mutlaq huquqlari bilan texnologiyadan foydalanuvchi subyektlarning manfaatlari o‘rtasida muvozanatni ta’minlash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda FRAND majburiyatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan standartlashtirish jarayonlari, standart ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning (SSO) patent siyosati va patent egalarining litsenziyalash bo‘yicha majburiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, FRAND shartlarining “adolatli”, “oqilona” va “kamsitmaydigan” mezonlari mazmuni ochib beriladi. Mazkur institutning O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyoti, telekommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar bozoriga ehtimoliy ta’siri hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish zarurati yuzasidan xulosalar ilgari suriladi.
Библиографические ссылки
1. Contreras J. L. Global Patent Prosecution Highway: A Comparative Analysis of Patent Law and Policy. – Cambridge: Cambridge University Press, 2021.
2. European Commission. Guidelines on the applicability of Article 101 of the Treaty on the Functioning of the European Union to technology transfer agreements. – Brussels, 2021.
3. European Telecommunications Standards Institute (ETSI). ETSI Intellectual Property Rights Policy. – Sophia Antipolis: ETSI.
4. Lemley M. A. Intellectual Property Rights and Standard-Setting Organizations. California Law Review, Vol. 90.
5. Shapiro C. Navigating the Patent Thicket: Cross Licenses, Patent Pools, and Standard Setting. Innovation Policy and the Economy, Vol. 1.
6. WIPO. Standard Essential Patents and FRAND Licensing. – Geneva: World Intellectual Property Organization.
7. World Trade Organization. Agreement on Trade-Related Aspects of Intellectual Property Rights (TRIPS). – Geneva: WTO.
8. Toshkent davlat yuridik universiteti. Intellektual mulk huquqi: darslik. – Toshkent.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
This work is licensed under a