XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGINING MADANIY MUHITI VA KOMIL XORAZMIY FENOMENI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i10/n02Ключевые слова:
Xiva xonligi, Komil Xorazmiy, Pahlavonniyoz Muhammad, Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz, «Tanbur chizig'i», Xorazm shashmaqomi, Gandimiyon shartnomasi, Mirzo Muhammad Rasul, ma'rifatparvarlik.Аннотация
Ushbu tezisda XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Xiva xonligida ro'y bergan madaniy yuksalish jarayonlari hamda ushbu jarayonlarda davlat arbobi, shoir, musiqashunos va xattot Komil Xorazmiy (Pahlavonniyoz Muhammad)ning tutgan o'rni tarixiy-tahliliy uslubda tadqiq etilgan. Tadqiqotda mualifning biografiyasiga oid arxiv hujjatlari, Ogahiy, Bayoniy va Laffasiy kabi zamondoshlarining asarlari, shuningdek, Komil Xorazmiyning o'z merosi qiyosiy-tarixiy va manbashunoslik metodlari yordamida o'rganildi. Tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki, Komil Xorazmiy faqatgina ijodkor sifatida emas, balki Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz saroyida shakllangan adabiy-madaniy muhitning markaziy sxhsi sifatida ham namoyon bo'lgan. Uning tomonidan ixtiro qilingan «Tanbur chizig'i» nota tizimi Xorazm maqom san'atining yo'q bo'lib ketishini oldini olishda, o'g'li Mirzo Muhammad Rasul tomonidan davom ettirilgan ushbu an'ana esa Xorazm shashmaqom maktabining bugungi kungacha asl holida saqlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan.
Библиографические ссылки
1. Akbarov I. Musiqa lug'ati. – Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1997. – 280 b.
2. Bayoniy Muhammad Yusufbek. Shajarai Xorazmshohiy. – Toshkent: Sharq, 1994. – 240 b.
3. Husanova D. XIX asr 2-yarmi Xiva adabiy muhiti. Muhammad Rahimxon Feruz va Komil Xorazmiy // Universal xalqaro ilmiy jurnal. – Toshkent, 2024. – №3. – B. 133–139.
4. Komil Xorazmiy. Tanlangan asarlar / Nashrga tayyorlovchilar: A. Hayitmetov, V. Mo'minova. – Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1975. – 224 b.
5. Muhammadrizo Ogahiy. Asarlar. 6-jild. – Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1980. – 384 b.
6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 5-jild. – Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – 704 b.
7. Soliyeva X. Xiva xonligi tarixi va XIX–XX asrlardagi madaniy muhit // Modern Science and Research. – Toshkent, 2025. – №1. – B. 67–70.
8. Yusupov M. Xorazm maqomlari. 1–5 jildlar. – Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1958–1980.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
This work is licensed under a