INTIZOMIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDA ISh QO‘ZG‘ATISh HAQIDAGI QAROR, UNING ShAKLI VA MAZMUNIGA NISBATAN TALABLAR

Авторы

  • Avazbek Komilov Автор

Ключевые слова:

prokuror nazorati hujjatlari, prokuror qarori, intizomiy qilmish, intizomiy javobgarlik, intizomiy jazo, intizomiy jazo qo‘llash muddati

Аннотация

Mazkur tezisda qonunlar ijrosi ustidan nazorat yo‘nalishida qo‘llaniladigan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi prokuror qarori va uning mazmuniga qo‘yilgan muhim talablar bayon etilgan. Muallifning qarashlariga binoan, ushbu qaror huddi prokuror tomonidan chiqariladigan boshqa qaror turlari kabi ham mansabdor shaxslarga, ham fuqarolarga nisbatan qabul qilinishi mumkin bo`lib, prokuror yoki uning o`rinbosari tomonidan yakkaboshchilik asosida qabul qilinadi. Intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror aniq shahsga qaratilganligi uchun individual ta’sir ko‘rsatish hujjati hisoblanadi. Intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qaror intizomiy jazo chorasini qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan ko‘rib chiqiladi. Muallifning fikricha, prokuror intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi qarorni muayyan shaxs tomonidan o‘z mehnat majburiyatlari aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi holati aniqlangan hollarda chiqaradi. Shuningdek, tezisda intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarish asoslari, intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror chiqarishdan oldin aniqlik kiritish zarur bo‘lgan masalalar, qarorning shakl va mazmuniga qo‘yilgan talablar ham qayd etilgan.

 

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2025 й., 03/25/1070/0536-сон.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон.

3. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2025 й., 03/25/1070/0536-сон.

Опубликован

2025-08-24

Как цитировать

Komilov , A. (2025). INTIZOMIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDA ISh QO‘ZG‘ATISh HAQIDAGI QAROR, UNING ShAKLI VA MAZMUNIGA NISBATAN TALABLAR. НАУКА НОВОГО ВРЕМЕНИ: ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ И РЕШЕНИЯ ДЛЯ ЧЕЛОВЕКА, 1(6), 108-110. https://konferensiyalar.com/index.php/yd/article/view/34