EMOJI VA HASHTAG BIRLIKLARI NEOLOGIZM SIFATIDA: FUNKSIONAL-PRAGMATIK KUZATUV
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/ydif-y2025v1i7/n10Kalit so'zlar
emoji, hashtag, neologizm, funksional pragmatika, stans (pozitsiya), diskurs, ijtimoiy tarmoqlarAnnotasiya
Ushbu maqolada zamonaviy internet muloqotida yuzaga kelgan emoji va hashtag kabi birliklarning neologizm sifatida tutgan o‘rni funksional-pragmatik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘nggi 15 yil ichida mazkur masalaga oid o‘zbek va xorijiy manbalardagi yondashuvlar sharhlanib, emoji va hashtaglarning nutq egasining pozitsiyasini ifodalash (stans bildirish), diskursni boshqarish va mavzuni indekslash kabi kommunikativ funksiyalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada o‘zbek tilidagi real misollar yordamida ushbu birliklar yordamida emotsional holatni ifodalash, munosabatni bildirish, matnni tizimlashtirish kabi vazifalar qanday amalga oshirilishi tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, emoji va hashtag birliklari yangi lingvistik hodisa sifatida zamonaviy yozma nutqni emotsional va interaktiv jihatdan boyitib, foydalanuvchilarning fikr ifoda qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Manbalar
1. Caleffi P.M. “The ‘Hashtag’: A New Word or a New Rule?” SKASE Journal of Theoretical Linguistics, 12(2), 2015, 47–69.
2. Dainas A.R., Herring S.C. “Interpreting Emoji Pragmatics.” In: Approaches to Internet Pragmatics. John Benjamins, 2021, 107–144.
3. Danesi M. The Semiotics of Emoji: The Rise of Visual Language in the Age of the Internet. Bloomsbury, 2016.
4. Malikova G. “Ijtimoiy tarmoqlar tili va uslubi.” Innovations in Technology and Science Education, 2(10), 2023, 152–157.
5. Teshabaeva D.M. va boshq. Журналистика. III жилд. Медиалингвистика ва таҳрир. Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
6. Tuxtayeva G. “Internet tarmog‘ida uchraydigan ayrim neologizmlar tasnifi va tadqiqi.” Talqin va tadqiqotlar, 2024 (iyun).
7. Zappavigna M. “Searchable Talk: The Linguistic Functions of Hashtags.” Social Semiotics, 25(3), 2015, 274–291.