OʻZBEKISTONDA TIR KARNET-LOGISTIKA SOHASI RIVOJLANISHINING HOZIRGI HOLATI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i19/n15Kalit so‘zlar:
TIR Karnet, eTIR, tranzit salohiyati, logistika markazi, xalqaro transport yoʻlagi, bojxona maʼmuriyatchiligi, raqamlashtirish.Annotasiya
Mazkur tezisda Oʻzbekistonning tranzit salohiyatini oshirishda TIR Karnet tizimining oʻrni va ahamiyati tadqiq etilgan. Ishda 1975-yilgi TIR konvensiyasining asosiy tamoyillari, uni Oʻzbekistonda qoʻllashning milliy huquqiy asoslari hamda konvensiyani buzganlik uchun javobgarlik tartibi yoritilgan. Mamlakatdagi transport infratuzilmasi, Navoiy, Angren va “HIY WAY Logistics” kabi logistika markazlarining faoliyati, TIR asosida ochilgan yangi xalqaro yoʻnalishlar va eTIR tizimini joriy etish jarayoni tahlil qilingan. Tahlil natijalari 2025-yilda tranzit yuklar hajmi 15,3 mln tonnaga yetganini, eTIR milliy ilovasining ishga tushirilishi hamda Xitoy–Qirgʻiziston–Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi sohani raqamli va multimodal bosqichga olib chiqayotganini koʻrsatadi. Shu bilan birga, logistika infratuzilmasi sifati, kafolat miqdori, temir yoʻl izi kengligidagi farq va hamkor davlatlardagi raqamlashtirish darajasi bilan bogʻliq muammolar aniqlangan. Ularni bartaraf etish uchun eTIRni toʻliq joriy etish, logistika markazlarini modernizatsiya qilish va multimodal tashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda tizimli, qiyosiy va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijalardan transport-logistika sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Manbalar
1. Anhor.uz. Oʻzbekiston tranzit salohiyatini oshirish boʻyicha yangi takliflar. – 01.07.2026. – https://anhor.uz/uzl/news/ozbekiston-tranzit-salohiyatini-oshirish/
2. Gazeta.uz. Oʻzbekiston va Turkiya tashuvlarni soddalashtirish va tranzitni raqamlashtirish boʻyicha kelishib oldi. – 03.02.2026. – https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/03/transport-turkey-uzb/
3. Global Times. First tunnel completed on Kyrgyzstan section as China-Kyrgyzstan-Uzbekistan railway makes major progress. – 05.09.2026. – https://www.globaltimes.cn/page/202609/1369874.shtml
4. IRU. China’s major manufacturing hub opens new TIR route with Uzbekistan. – 09.01.2024. – https://www.iru.org/news-resources/newsroom/chinas-major-manufacturing-hub-opens-new-tir-route-uzbekistan
5. IRU. eTIR now connects Tajikistan and Uzbekistan. – 16.07.2026. – https://www.iru.org/news-resources/newsroom/etir-now-connects-tajikistan-and-uzbekistan
6. IRU. TIR: from Iran to Uzbekistan, through Afghanistan for the first time. – 25.08.2020. – https://www.iru.org/news-resources/newsroom/tir-iran-uzbekistan-through-afghanistan-first-time
7. IRU. TIR innovations on the table at talks with IRU in Geneva. – 13.02.2026. – https://www.iru.org/news-resources/newsroom/tir-innovations-table-talks-iru-geneva
8. IRU. Uzbekistan shares its TIR implementation advances with Pakistan. – 05.09.2022. – https://www.iru.org/news-resources/newsroom/uzbekistan-shares-its-tir-implementation-advances-pakistan
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi “Bojxona maʼmuriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-250-son Farmoni. – https://lex.uz/uz/docs/-7934915
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son qarori. – https://www.lex.uz/uz/docs/-5756525
11. The Times of Central Asia. China-Kyrgyzstan-Uzbekistan Railway Enters Active Construction Phase. – https://timesca.com/china-kyrgyzstan-uzbekistan-railway-enters-active-construction-phase/
12. The Times of Central Asia. Uzbekistan’s Logistics Push Aims to Turn Transit Growth into Revenue. – 2026. – https://timesca.com/uzbekistans-logistics-push-aims-to-turn-transit-growth-into-revenue/
13. TIR Convention // Wikipedia. – https://en.wikipedia.org/wiki/TIR_Convention
14. Yangi Oʻzbekiston. Oʻzbekiston dunyoda birinchi boʻlib eTIR elektron tashuvini amalga oshirdi. – https://yuz.uz/uz/news/69230
This work is licensed under a