UYADOSH SO'ZLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i13/n16Kalit so‘zlar:
leksik tizim, uyadosh soʻzlar, giponimiya, giperonim, kohiponim, semantik maydon, arkisema, differensial sema, komponent tahlil, lisoniy munosabat.Annotasiya
Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligida leksik qatlamning tizimli tabiatini belgilovchi muhim omillardan biri – uyadoshlik (giponimiya) munosabatlari va ularning leksik-semantik xususiyatlari tadqiq etilgan. Ishda muayyan bir umumiy tushuncha atrofida birlashgan leksik birliklarning oʻzaro lisoniy aloqalari, ularning mikrotizim hosil qilish qonuniyatlari hamda soʻz maʼnolarining taraqqiyoti tahlil qilinadi. Turli mavzu guruhlariga mansub (qarindoshlik, cholgʻu asboblari, ranglar) uyadosh soʻzlar misolida ularning lisoniy tabiati ilmiy jihatdan asoslab berilgan hamda ushbu munosabatlarning ona tili taʼlimidagi amaliy ahamiyati koʻrsatib oʻtilgan.
Manbalar
1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet, 2006. – 412 b.
2. Sharafiddinova N. Oʻzbek tili leksikologiyasi va semantikasi. – Fargʻona: Ilm, 2015. – 230 b.
3. Shermuhamedova N. Falsafa va fan metodologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2005. – 388 b.
This work is licensed under a