UVAYSIYDAN XUDOYBERDIYEVAGACHA: OʼZBEK AYOL SHEʼRIYATIDA LIRIK “MEN” EVOLYUTSIYASI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i13/n14Kalit so‘zlar:
lirik “Men”, ayol subyekti, oʼzbek sheʼriyati, Uvaysiy, Nodira, Xudoyberdiyeva, poetik evolyutsiya.Annotasiya
Ushbu maqolada oʼzbek ayol sheʼriyatida lirik “Men”ning XIX asrdan XX asr oxirigacha boʼlgan tarixiy evolyutsiyasi tadqiq etiladi. Mumtoz davr shoiralari Uvaysiy va Nodira ijodida lirik subyekt diniy-tasavvufiy va anʼanaviy poetik shakllar doirasida oʼz ovozini ifodalagan. Sovet davri oʼzbek ayol sheʼriyatida yangi ijtimoiy mazmun va erkin shakllar paydo boʼlib, lirik “Men” asta-sekin yangilanib bordi. Mustaqillik arafasida va undan keyin esa Halima Xudoyberdiyeva ijodida ayol lirik subyekti oʼta kuchli, mustaqil va isyonkor xarakter kasb etdi. Maqola oʼzbek ayol sheʼriyatining ichki evolyutsion yoʼnalishini aniqlashga va har bir davrning oʼziga xos poetik modelini belgilashga qaratilgan.
Manbalar
1. Nusratov B.B. Halima Xudoyberdiyeva ijodining oʼrgantilishi // Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. — Namangan, 2024. — B. 43–48.
2. Mirzayev T. Oʼzbek ayol sheʼriyati tarixi. — Toshkent: Fan, 1999. — 240 b.
3. Qosimov B. Zulfiya: hayoti va ijodi. — Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 1985. — 180 b.
4. Xudoyberdiyeva H. Muqaddas ayol. — Toshkent: Gʼafur Gʼulom nashriyoti, 1987. — 112 b.
5. Yoʼldoshev Q. Oʼzbek sheʼriyatida lirik subyekt muammosi. — Toshkent: Fan, 2010. — 196 b.
6. Nodira g'azallari va she'rlar to'plami. Nodira hayoti va ijodi. Tarjimai holi
https://ilmlar.uz/nodira-gazallari-va-sherlar-toplami/ [Murojaat sanasi: 07.07.2026]
This work is licensed under a