YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUSIYASIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASHNING YANGI KAFOLATLARI
Kalit so‘zlar:
Konstitutsiya, inson huquqlari, inson qadri, huquq va erkinliklar, konstitutsiyaviy kafolat, mutanosiblik prinsipi, sud himoyasi, davlat mas’uliyati va raqamli huquqlar.Annotasiya
Ushbu maqolada yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, inson huquq va erkinliklarining bevosita amal qilishi, insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, inson va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda mutanosiblik prinsipining joriy etilishi, qonunchilikdagi ziddiyat va noaniqliklarni inson foydasiga talqin qilish, huquqlarni sud orqali himoya qilish hamda davlat organlarining huquqbuzar harakatlari natijasida yetkazilgan zararni qoplashga oid normalarning mazmun-mohiyati yoritilgan. Bundan tashqari, shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va raqamli huquqlarni ta’minlashda davlatning pozitiv majburiyatlari tahlil qilinib, mazkur konstitutsiyaviy normalarni huquqni qo‘llash amaliyotiga yanada samarali tatbiq etish yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar bildirilgan.
Manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir. 2023 yil 30 aprel. Rasmiy nashr. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2023.
2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. BMT Bosh Assambleyasi, 1948 yil 10 dekabr.
3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt. BMT, 1966 yil 16 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi 1995 yilda qo‘shilgan.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 8 maydagi PF–67-son «Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni.
5. Narimanov B. Raqamli huquqni shakllantirish sharoitida konstitutsiyaviy huquqning dolzarb muammolari // «Konstitutsiya – inson qadr-qimmatini ta’minlashning mustahkam kafolati» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent: TDYuU, 2022. – B. 21–23.
6. Muhamedov H. Konstitutsiyaning asosiy maqsadi va vazifasi – inson manfaatlariga xizmat qilish // «Konstitutsiya – inson qadr-qimmatini ta’minlashning mustahkam kafolati» respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent: TDYuU, 2022.
7. Konstitutsiya – inson qadr-qimmatini ta’minlashning mustahkam kafolati: respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. – Toshkent: TDYuU nashriyoti, 2022.
8. Yangi O‘zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari. Ilmiy maqola.