YERYONG‘OQ ILDIZLARIDA TUGANAKLAR SHAKLLANISHIGA EKISH SXEMASI, MINERAL O‘G‘IT ME'YORLARI VA BIOSTIMULYATORLARNING TA'SIRI
Kalit so‘zlar:
yeryong‘oq, Salomat navi, tuganak bakteriyalari, simbioz, biologik azot, ekish sxemasi, mineral o‘g‘it, Oksigumat Ekstra, Rokogumin, oziqlanish maydoni.Annotasiya
Maqolada Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida yeryong‘oqning 'Salomat' navida ildiz tuganaklari shakllanishiga 70×10‑1 va 70×20‑1 ekish sxemalari, N60P110K40 va N90P165K65 kg/ga mineral oziqlanish fonlari hamda “Oksigumat Ekstra” va “Rokogumin” biostimulyatorlarining 1, 2 va 3 l/ga me'yorlari ta'siri o‘rganilgan. 2021 yil natijalarida 70×10‑1 sxemasida bir tupdagi tuganaklar soni o‘rtacha 31,74 dona, tuganaklar massasi 0,392 g/tup, 70×20‑1 sxemasida esa tegishlicha 36,54 dona va 0,452 g/tup bo‘lgan. Kengroq oziqlanish maydonida bir tupdagi tuganaklar soni 15,1%, massasi 15,3% yuqori qayd etilgan. Eng yuqori ko‘rsatkich 70×20‑1 sxemasi, N90P165K65 kg/ga foni va “Rokogumin” 3 l/ga variantida kuzatilib, 43,7 dona/tup va 0,51 g/tupni tashkil etgan. Natijalar ekish sxemasi va oziqlanish sharoiti yeryong‘oq ildiz tizimining simbiotik faolligini shakllantirishda muhim agronomik omil ekanini ko‘rsatadi.
Manbalar
1. Amanova M., Bo‘riev X., Rustamov A. Yeryong‘oq ekinining morfologik belgilarini o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. - Toshkent, 2011. - 26 b.
2. Nurmatov Sh.N., Azizov T.B. va boshq. Yeryong‘oqning sug‘oriladigan yerlarda yetishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyalar. - Toshkent, 2010.
3. Nabiev T.N., Kurbanova B.A., Shotemur Sh. Yeryong‘oqning o‘sishi va rivojlanishiga ko‘chat qalinligining ta'siri // Kishovarz. Qishloq xo‘jaligi fanlari. - 2016. - №4. - B. 4-7.
4. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. - Toshkent: O‘zPITI, 2007. - 131 b.
5. Atabaeva X.N., Umarov Z.U., Bo‘riev H.Ch. va boshq. O‘simlikshunoslik. - Toshkent: Mehnat, 2000. - B. 241-243.
6. Amanova M., Rustamov A. Moyli ekinlar jahon kolleksiyasini o‘rganish bo‘yicha qo‘llanma. - Toshkent, 2010. - B. 4-9.