SEREBROVASKULYAR KASALLIKLARDA BULBAR VA PSEVDOBULBAR SINDROMLARNING KLINIK OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Авторы

  • Eʼtibor Nuriddinova Автор

Ключевые слова:

serebrovaskulyar kasallik, insult, bulbar sindrom, psevdobulbar sindrom, disfagiya, yutish buzilishi, aspiratsiya, aspiratsion pnevmoniya, dizartriya, disfoniya, oral avtomatizm.

Аннотация

Maqolada serebrovaskulyar kasalliklarda bulbar va psevdobulbar sindromlarning klinik xususiyatlari oʻrganilgan. Tadqiqot Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasining jonlantirish va intensiv nevrologiya boʻlimida bulbar va psevdobulbar zararlanish belgilari mavjud boʻlgan 40 nafar bemorda oʻtkazildi. Bemorlarning 22 nafarida bosh miya yarim sharlaridagi gemorragik yoki ishemik insult, 18 nafarida esa miya ustuni insulti aniqlangan. Barcha bemorlar klinik va paraklinik usullar yordamida tekshirilib, kasallikning dastlabki 1–2 kuni va 15–18 kundan soʻng qayta baholandi. Tadqiqot natijasida 35 (87,5%) nafar bemorda yutish buzilishi va suyuq ovqat qabul qilganda qalqib ketish, 19 (47,5%) nafarda dizartriya, 18 (45%) nafarda tilda fibrillyar va fassikulyar uchishlar, 22 (55%) nafarda psevdobulbar va 18 (45%) nafarda bulbar sindrom belgilari aniqlandi. Bulbar sindromda tildagi fassikulyatsiya, nazolaliya, disfoniya, ovqat yutish qiyinligi va yutqin refleksining susayishi, psevdobulbar sindromda esa oral avtomatizm reflekslari, zoʻraki kulgu va yigʻi, dizartriya hamda yutish buzilishlari ustunlik qildi. Olingan natijalar insultda bulbar va psevdobulbar sindromlarni erta aniqlash, disfagiyani oʻz vaqtida baholash hamda aspiratsiya va aspiratsion pnevmoniyaning oldini olish muhimligini koʻrsatdi.

Библиографические ссылки

1. Dziewas R., Michou E., Trapl-Grundschober M. [et al.]. European Stroke Organisation and European Society for Swallowing Disorders guideline for the diagnosis and treatment of post-stroke dysphagia // European Stroke Journal. – 2021. – Vol. 6, № 3. – P. LXXXIX–CLX.

2. Martino R., Foley N., Bhogal S. [et al.]. Dysphagia after stroke: incidence, diagnosis, and pulmonary complications // Stroke. – 2005. – Vol. 36, № 12. – P. 2756–2763.

3. Perry L., Love C. P. Screening for dysphagia and aspiration in acute stroke: a systematic review // Dysphagia. – 2001. – Vol. 16, № 1. – P. 7–18.

4. Arnold M., Liesirova K., Broeg-Morvay A. [et al.]. Dysphagia in acute stroke: incidence, burden and impact on clinical outcome // PLoS ONE. – 2016. – Vol. 11, № 2. – Art. e0148424.

5. Cohen D. L., Roffe C., Beavan J. [et al.]. Post-stroke dysphagia: A review and design considerations for future trials // International Journal of Stroke. – 2016. – Vol. 11, № 4. – P. 399–411.

6. Chang M. C., Choo Y. J., Seo K. C., Yang S. The relationship between dysphagia and pneumonia in acute stroke patients: a systematic review and meta-analysis // Frontiers in Neurology. – 2022. – Vol. 13. – Art. 834240.

7. Eltringham S. A., Kilner K., Gee M. [et al.]. Factors associated with risk of stroke-associated pneumonia in patients with dysphagia: a systematic review // Dysphagia. – 2020. – Vol. 35, № 5. – P. 735–744.

8. Arnold M., Liesirova K., Broeg-Morvay A. [et al.]. Dysphagia in acute stroke: incidence, burden and impact on clinical outcome // PLoS ONE. – 2016. – Vol. 11, № 2.

Опубликован

2026-10-06

Как цитировать

Nuriddinova , E. (2026). SEREBROVASKULYAR KASALLIKLARDA BULBAR VA PSEVDOBULBAR SINDROMLARNING KLINIK OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI. УЗБЕКИСТАН — 2030: ПЕРСПЕКТИВЫ ИННОВАЦИЙ, НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 2(2), 191-195. https://konferensiyalar.com/index.php/ifti/article/view/742