Jurnal haqida

“Oʻzbekiston — 2030” taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizning barcha sohalarini qamrab olgan holda, innovatsion yondashuv, fan va taʼlimni milliy rivojlanishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilab berdi. Mazkur strategiya asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, sohalardagi integratsiyani taʼminlash hamda amaliy yechimlarga eʼtiborni oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan, “Oʻzbekiston — 2030: Innovatsiya, fan va taʼlim istiqbollari” mavzusidagi davriy Respublika koʻp tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi. Konferensiya doirasida taqdim etilgan maqolalar konferensiya toʻplami shaklida chop etiladi.

Nashr 2025-yildan buyon chop etiladi.

Nashr tili
Nashrda maqola va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

Nashrning bo‘limi va ixtisoslashuvi
Nashr ko‘p tarmoqli bo‘lib, unda ijtimoiy-gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, texnik va muhandislik fanlari, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit muhofazasi, tibbiyot va sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi konferensiya materiallari va tezislari chop etiladi.

Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha maqolalar muallif ismi yashirilgan holda tegishli soha mutaxassislariga taqrizga yuboriladi. Ijobiy taqriz olgan maqolalar nashrga qabul qilinadi.

Ochiq foydalanish siyosati
Nashr sonlari va undagi maqolalar bepul foydalanish uchun ochiq. Barcha nashrlar nashr saytining Arxiv bo‘limida joylashtirilgan.

Antiplagiat talablari
Barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshiriladi. O‘zlashtirish darajasi 20 foizdan oshmasligi (originallik kamida 80%) lozim.

Nashr davriyligi
To‘plam qoida tariqasida bir oyda ikki marotaba chop etiladi. Zarur hollarda qo‘shimcha yoki maxsus sonlar ham chiqarilishi mumkin.

ISBN
Ilmiy nashr ISBN xalqaro standart raqamiga ega.

Konferensiya tashkilotchisi
Ilmiy nashr “SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati.

Tashkiliy qo‘mita
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 70/10-uy
Elektron manzil: scienceproblems.uz@gmail.com