SUD HUJJATLARINI QAYTA KOʻRIB CHIQISHNING INSTITUTSIONAL QAYTA QURILISHI: PF-160-SON FARMONDAGI HUDUDLARARO SUDLAR MODELI VA XOLISLIK KAFOLATI
DOI:
https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i18/n26Kalit so‘zlar:
sud hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, hududlararo sud, taftish instansiyasi, kassatsiya, apellyatsiya, sudning xolisligi, «Odil sudlov — 2030» strategiyasi, sud amaliyoti birligi.Annotasiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Odil sudlov — 2030» strategiyasida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tartibidagi institutsional oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida 2027-yil 1-iyuldan tashkil etiladigan hududlararo sudlar modeli turadi: viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarning taftish instansiyasida ish koʻrish vakolati tugatilib, mazkur vakolat yurisdiksiyasi bir necha maʼmuriy-hududiy birlikni qamrab oluvchi yangi sudlarga oʻtkaziladi. Muallif ushbu oʻzgarishni «hech kim oʻz ishida hakam boʻla olmaydi» qoidasi hamda xolislikning obyektiv mezoni nuqtayi nazaridan baholaydi va instansiyaviy vakolatlar kumulyatsiyasi muammosining institutsional yechimini koʻrsatadi. Shu bilan birga, kassatsiyaning «kechiktirilgan apellyatsiya»ga aylanish xavfi yolgʻiz tashkiliy oʻzgarish bilan bartaraf etilmasligi, buning uchun qayta koʻrish asoslari va ishni oʻtkazish (filtr) mexanizmining protsessual jihatdan aniq belgilanishi zarurligi asoslanadi. Xulosada islohot samaradorligini oʻlchash indikatorlari va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar berilgan.
Manbalar
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (2023-yil 30-apreldagi referendumda qabul qilingan tahrirda). — Toshkent: Adolat, 2023. — 64 b.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. — www.lex.uz.
3. «Sudlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (yangi tahriri) // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. — www.lex.uz.
4. Recommendation CM/Rec(2010)12 of the Committee of Ministers to member states on judges: independence, efficiency and responsibilities. — Strasbourg: Council of Europe, 2010. — 24 p.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. — www.lex.uz.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi PF-160-son «“Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. — www.lex.uz.
7. Jolowicz J.A. On Civil Procedure. — Cambridge: Cambridge University Press, 2000. — 428 p.
8. Venice Commission. Report on the Independence of the Judicial System. Part I: The Independence of Judges. CDL-AD(2010)004. — Venice, 2010. — 19 p.
This work is licensed under a