YAPONIYADA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH TIZIMINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Mualliflar

  • Sobira Buriyeva Author

DOI:

https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i1/n08

Kalit so‘zlar:

maktabgacha ta’lim, pedagogik yetakchilik, malaka oshirish, erta yoshdagi bolalar ta’limi, sifatni ta’minlash, xalqaro tajriba.

Annotasiya

Maktabgacha ta’limda yetakchilik ta’lim sifati va umuman muassasa samaradorligini ta’minlashning hal qiluvchi omillaridan biri sifatida tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. Yaponiyada maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashning o‘ziga xos tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u yuqori malaka talablari, uzluksiz kasbiy rivojlanish va boshqaruv tizimi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada mazkur rahbarlarni tayyorlashning yapon modelining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Bu statistik ma’lumotlar va dasturiy hujjatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Malakaga ega bo‘lish bosqichlari, qayta tayyorlash mexanizmlari, sifatni ta’minlash tartibi, madaniy qadriyatlarning rahbarlik faoliyatiga ta’siri kabi masalalarga alohida e’tibor beriladi. Statistik ko‘rsatkichlarga qaraydigan bo‘lsak, Yaponiyada erta yoshdagi bolalar ta’limi qamrovi darajasi yuqoriligi va sohadagi rahbar kadrlar tarkibi nisbatan yuqori malakaga ega ekanligiga guvoh bo’lamiz. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Yaponiyaning tizimli va madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatnlangan yondashuvi maktabgacha ta’lim tizimida umumiy barqarorlik va sifatni ta’minlashga xizmat qiladi hamda xalqaro amaliyot uchun foydali ma’lumotlar beradi.

Manbalar

1. OECD (2025), Results from TALIS Starting Strong 2024: Strengthening Early Childhood Education and Care, TALIS, OECD Publishing, Paris

2. Ministry of Education, Culture, Sports, Science and Technology (MEXT). White Paper on Education, Culture, Sports, Science and Technology. Tokyo, 2021.

3. https://www.redalyc.org/journal/2810/281074760007/html/

4. OECD (2021), Starting Strong VI: Supporting Meaningful Interactions in Early Childhood Education and Care, Starting Strong, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/f47a06ae-en.

5. https://www.mext.go.jp/content/20210511-mxt_youji-000014566_13.pdf

6. https://gpseducation.oecd.org/CountryProfile?primaryCountry=JPN&treshold=5&topic=TS

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-01-13

Qanday ko'rsatish

Buriyeva , S. (2026). YAPONIYADA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARINI TAYYORLASH VA QAYTA TAYYORLASH TIZIMINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI. YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR, 2(1), 43-46. https://doi.org/10.47390/ydif-y2026v2i1/n08