Journals
-
Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar
Yangi davr ilm-fani: inson uchun innovatsion gʻoya va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to‘plamida respublikaning turli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlari va amaliyotchi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan maqolalar o‘rin olgan bo‘lib, ular ijtimoiy-gumanitar, tabiiy, texnik va yuridik fanlarning dolzarb muammolari va ularning innovatsion yechimlariga bag‘ishlangan.
To‘plamda keltirilgan maqolalarda sun’iy intellekt, ta’limda interfaol metodlar, yer osti biologiyasi, xalqaro huquq, tilshunoslikda zamonaviy yondashuvlar, sport psixologiyasi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda ilg‘or ilmiy qarashlar va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.
-
OʻZBEKISTON — 2030: INNOVATSIYA, FAN VA TAʼLIM ISTIQBOLLARI
“Oʻzbekiston — 2030” taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizning barcha sohalarini qamrab olgan holda, innovatsion yondashuv, fan va taʼlimni milliy rivojlanishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilab berdi. Mazkur strategiya asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, sohalardagi integratsiyani taʼminlash hamda amaliy yechimlarga eʼtiborni oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan, “Oʻzbekiston — 2030: Innovatsiya, fan va taʼlim istiqbollari” mavzusidagi davriy Respublika koʻp tarmoqli ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyildi.
Konferensiya doirasida taqdim etilgan maqolalar konferensiya toʻplami shaklida chop etiladi.